Afrika Millatlar kubogi. Nigeriya, Tunis va Senegal dastlabki turda g‘alaba qozondi
Afrika Millatlar kubogining "D" va "C" guruhlarida 1-tur uchrashuvlari o‘tkazildi.
Unga ko‘ra, Senegal Botsvanani yirik 3:0 hisobida taslim qildi. Mazkur bahsda "Bavariya" hujumchisi Nikolas Jekson dubl muallifi bo‘ldi. Shuningdek, Nigeriya hamda Tunis terma jamoalari ham dastlabki turda 3 ochkoni qo‘lga kiritishdi. Quyida o‘yinlarda qayd etilgan natijalar bilan tanishing:
Senegal 3:0 Botsvana
Tunis 2:1 Uganda
Nigeriya 3:2 Tanzaniya
Fikrlar