Afrika Millatlar kubogi. Nigeriya Maxrez boshchiligidagi Jazoirni mag‘lub etgan holda, yarim finalga yo‘l oldi
Afrika Millatlar kubogi chorak finalning navbatdagi uchrashuvida Nigeriya terma jamoasi Jazoirni 2:0 hisobida mag‘lub etib, yarim finalga yo‘l oldi. Jamoani ushbu bosqichda Marokash terma jamoasi kutib turibdi.
Bugungi bahsning 47-daqiqasida Viktor Osimxen, 57-daqiqasida esa Akor Adams raqib darvozasini ishg‘ol qilishga muvaffaq bo‘ldi.
Ma’lumot o‘rnida, Nigeriya pley-off bosqichida Mozambikni 4:0 hisobida yenggan edi. Jazoir esa Kongoni minimal hisobda mag‘lub etib, bu bosqichga yetib kelgandi.
Fikrlar