Afrika Millatlar kubogi. Nigeriya penaltilar seriyasida Misrni engib, 3-o‘rin sohibiga aylandi

  • 17.01.2026 23:20
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Afrika Millatlar kubogining 3-o‘rin uchun bahsida Nigeriya terma jamoasi Misrni penaltilar seriyasida mag‘lubiyatga uchratib, 3-o‘ringa ega chiqdi. 
 
Bellashuvning asosiy vaqtida hisob ochilmadi. Penaltilar seriyasi esa 2:4 hisobida nigeriyaliklar foydasiga hal bo‘ldi. Eng qiziqishi shundaki, Misr terma jamoasidan dastlabki ikki 11 metrlik jarima zarbasini "Manchester Siti" hamda "Liverpul" hujumchilari Omar Marmush va Muhammad Saloҳ golga aylantira olmadi. 
 
Eslatib o‘tamiz, chempionlik uchun finalda Marokash - Senegal terma jamoalari o‘zaro kuch sinashadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!