Afrika qit’asidan bo‘lgan terma jamoa JCh-2026’da ishtirok etmasligi mumkin
Jamoaning "JCH-2026"dagi ishtiroki xavf ostida qoladi.
Kongo Demokratik Respublikasi terma jamoasi 2026 yildgi Jahon chempionatida ishtirok etmasligi mumkin. ESPN xabariga ko‘ra, bunga mamlakatda Ebola virusi bilan bog‘liq og‘ir vaziyat sabab bo‘lmoqda.
JSST (Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti) Bundibugyo turidagi Ebola virusi tarqalishi xavfini mamlakat miqyosida “juda yuqori” darajaga ko‘tardi. Ushbu virusga qarshi hozircha tasdiqlangan vaktsina yoki davolash usuli mavjud emas.
Hozirga qadar Kongoda 82 ta holat rasmn tasdiqlangan. Shuningdek, kamida 177 kishi virus oqibatida vafot etgani, qariyb 750 ta gumonli holat aniqlandi ma’lum qilindi.
Manbalarga ko‘ra, agar vaziyat barqarorlashmasa, Kongo terma jamoasidan xalqaro musobaqalar oldidan qat’iy izolyatsiya talab qilinishi mumkin. Aks holda, jamoaning "JCH-2026"dagi ishtiroki xavf ostida qoladi.
Ma’lumot uchun, 2026 yildgi Jahon chempionati 11 iyun kuni start oladi.

Izohlar (0)