
Afsus, MYuga o‘tib xato qilibman!
“Manchester Yunayted”ning 30 yoshli yarim himoyachisi Kazemiro bu jamoaga kelganida bir oy o‘tib, tanlovidan pushaymon.
Todofichajes nashrining xabar berishicha, braziliyalik futbolchi yaqinlariga “Real”dan ketganiga afsus qilayotganini aytgan. Kazemiro vaqtni ortga surish imkoni bo‘lganida Karlo Anchelotti qo‘l ostida qolishni ma’qul ko‘rgan bo‘lishini ma’lum qilgan.
Tayanch yarim himoyachisining bu xulosaga kelishiga o‘ziga etarli darajada o‘yin amaliyoti berilmayotgani sabab bo‘ldi. Agar Erik ten Xag bu munosabatni o‘zgartirmasa, Kazemiro tez orada boshqa klubga o‘tib ketadi.
“Manchester Yunayted” tajribali o‘yinchi uchun madridliklarga 70 million evrodan ortiq pul to‘ladi va yangi a’zosi bilan 2026 yilning yarmigacha shartnoma imzoladi.
Fikrlar