
Afsus! Bir kishi kam qolgan O‘zbekiston OTJ Avstraliyaga yutqazdi va Olimpiada yo‘llanmasidan quruq qoldi
Bugun 23 yoshliklar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida 3-o‘rin uchun bahs bo‘lib o‘tadi. Unda O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Avstraliya bilan kuch sinashadi. G‘olib Tokio-2020 Olimpiadasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.
Avstraliya - O‘zbekiston o‘yinini JONLI EFIRda tomosha qiling
Ushbu o‘yinni "Sport" telekanalida Dilshodbek To‘xtabekov va Bobur Akmalov birgalikda sharhlab boradi. Bu haqda Bobur Akmalov telegramdagi o‘zining sahifasida ma’lum qildi.
Ma’lumot o‘rnida, Avstraliya - O‘zbekiston uchrashuvi Toshkent vaqti bilan 17:30da start oladi.
Assalomu alaykum qadrli futbol muxlislari. SPORTS.uz sayti muxbirlari Tailand poytaxti Bangkok shahridan ushbu o‘yinning matnli onlayn translyatsiyasini amalga oshirmoqda.
Jamoalarning tarkiblari bilan tanishib oling:
* Bugun tarixiy o‘yin. G‘alaba qozongan jamoa Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi. Shu bois uchrashuvning ahamiyati juda yuqori. Mazkur bahsda terma jamoamizni qo‘llab-quvvatlash uchun O‘zbekitondan yuzlab muxlislar tashrif buyurishdi. Qolavresa, futbolchilarga dalda bo‘lish uchun Superliga klublarining murabbiylari ham Tailandga kelishdi.
* Ushbu o‘yinni "Sport" telekanalida Dilshodbek To‘xtabekov va Bobur Akmalov birgalikda sharhlab boradi.
1* Uchrashuv boshlandi boshlandi. To‘pni o‘yinga hamyurtlarimiz kiritib berishdi.
3* Vakillarimiz dastlabki daqiqalarda to‘pni ushlab turishga e’tibor qaratishmoqda. Ammo raqib bizning xatoni kutib tezkor hujum tashkil etishga urinmoqda.
5* D`Agostino qanotdan oshirilgan to‘pga sakrash chog‘ida darvozabonimizga qo‘pollik ishlatib, gol urdi. O‘z navbatida hakam bu golni bekor qildi.
8* Abdulla Abdullaev himoyachilardan qaytgan to‘pni darvozaga yo‘naltirdi. Ammo ancha noaniq.
11* Xavfli vaziyat! Bobir Abdixoliqov chap qanotdan oshirgan to‘pni Jasurbek Yaxshiboev boshi bilan darvozaga yo‘naltirdi. Ammo raqib posboni o‘z o‘rnida.
14* Ayni paytga kelib tashabbus hamyurtlarimiz tomonida. Avstraliyaliklar o‘z imkoniyatlarini kutishmoqda.
* Muxlislar futbolchilarni tinmay qo‘llab turishibdi.
17* Xavfli vaziyat! Jasurbek Yaxshiboev o‘ng qanotdan yurib, darvozaga zarba berdi. Biroz noaniq.
22* Oxirgi 2-3 daqiqa "kengrular" bosim qilib ko‘rishdi. Barcha o‘z o‘rnida.
23* Jarima maydoniga yuqoridan oshirilgan to‘pni Nurillo To‘xtasinov xuddi shunday yo‘naltirdi. Yana noaniq.
28* Juda ham xavfli vaziyat! Jasurbek Yaxshiboev jarima maydonida 2 ta raqibni aldab zarba berdi. Himoyachilarga tegib, havoga ko‘tarilgan to‘pni Nurillo To‘xtasinov yaqin masofadan to‘rga kirita olmadi.
33* Janubiy Koreya bizni qanday qamal qilgan bo‘lsa, biz ham Avstraliyani shu tarzda himoyalanishga majbur qilyapmiz.
34* Ilhomjon Alijonov havolatib uzatgan to‘pni raqib posboni qiyinchilik bilan bartaraf qildi.
36* Xavfli vaziyat! Bobir Abdixoliqov qarshisidagi raqibni aldab jarima maydoni ichidan zarba berdi. Biroq to‘pni boshqa himoyachi qaytarib yubordi.
Bobirga yana qancha qulay imkoniyatlar kerak???!!!
43* o‘yin tempi biroz pasaygandek, Ammo futbolchilarimiz tinmayapti. Hujum ketidan hujum...
45* Birinchi taymga bir daqiqa qo‘shib berildi.
45+1* Dastlabki bo‘limda hisob ochilmadi 0:0. Tanaffus.
46* Ikkinchi taym boshlandi. OLG‘A O‘ZBEKISTON!!!
47* Yana boshlandi. Gooool. Avstraliyalik D`Agostino markazdan 3 futbolchidan o‘tib, jarima maydoniga kirdi va gol urdi.
53* Nurillo To‘xtasinov o‘rniga Oybek Bozorov maydonga tushdi.
54* Xavfli vaziyat! Ilhomjon Alijonov chap qanotdan uzatgan to‘pni Mirjahon Mirahmadov egallab zarba bermoqchi bo‘ldi. Biroq to‘p maydon tashqarisiga chiqib ketdi. Burchakdan oshirilgan to‘pni esa posbon qiyinchilik bilan bartaraf qildi.
58* Ikkinchi taym yomon boshlandi. Birgina zarba evaziga avstraliyaliklar gol urishdi. Hujumni biz qildik, ular gol urishdi.
59* Jasurbek Yaxshiboev sherigi bilan devor uslubida kombinatsiya tashkil etdi va o‘zi zarba berdi. Darvozabon to‘pni yana egallab oldi.
60* Oybek Bozorov maydon markazida raqibiga qo‘pollik ishlatgani uchun qizil kartoqka oldi.
61* Mirjahon Mirahmadov o‘rniga Sharof Muhitdinov maydonga tushdi.
64* Xavfli vaziyat! Sharof Muhitdinov chamasi 22 metrlar uzoqlikdagi jarimadan zarba berdi. Juda xavfli. Ammo noaniq.
70* Son jihatidan ustun bo‘lgan Avstraliya bemalol harakat qilmoqda. Biznikilar esa endi ko‘p kuch sarflashlariga to‘g‘ri kelyapti.
71* Bakkus jarima maydonimiz ichidan zarba berdi. Abduvohid Ne’matov to‘pni egallab oldi.
74* Futbolchilarimiz oxirigacha harakat qilishmoqda. Ammo avstraliyaliklar zarba berishga imkoniyat berishmayapti.
76* Ilhomjon Alijon o‘rniga Doston Ibragimov maydonga tushdi.
79* O‘yinda ustunlik to‘laligicha terma jamoamiz tomonida. Avstraliya esa vaqt cho‘zishga o‘tdi. Muydonga yotib olmoqda futbolchilar. Ular ham arablardan o‘rganmoqda.
83* Ketma-ket hujumlar avstraliyaliklarni dovdiratib qo‘ydi. Ammo hozircha hujumlarimizdan naf chiqmayapti.
88* Jasur Yaxshiboev o‘ng qanotdagi jarima zarbasidan to‘g‘ri darvozaga to‘pni tepdi. Ancha noaniq.
90* O‘yinga 5 daqiqa qo‘shib berildi.
90+5* O‘yin yakunlandi. Birgina gol Avstraliyaga g‘alaba taqdim etdi va Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. O‘zbekiston OTJ esa 4-o‘rin bilan kifoyalandi.
Fikrlar
Bollar davay 35 mlon axolini ko‘zi sizlarda
Balki kimlarnidir erkatoylaridir.borib uynab kel degan bulsa uynagani borganda.
Nechta uyinchi bilan borgan bular.14ta mi.
Bazilar pachkasi ochilmay borib kelyapti.
HULLAS MUNOSIBLAR CHIQDI OLIMPIAYADAGA
Berdiev bn Abramov Taylandga borib bir nimalar ishlab chiqib taktika qilib bermaganida edi 5 ta golni urmasdik kamida 2 ta gol bilan yutqazardik.
Qisqa qilib aytganda CHICHQOQLAR...