Agar Mbeppe “Real”ga o‘tganida, men Madridda bo‘lmasdim!

  • 28 sentabr, 2022, 17:04
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” yarim himoyachisi Orelen Chuameni agar madridliklar yozda PSJ hujumchisi Kilian Mbappeni transfer qilganida, uning “Qirollik klubi”ga o‘tishi amalga oshmay qolishini bildirdi.

Tecno

Manbaning ta’kidlashicha, madridliklar Mbappeni erkin agent sifatida jamoaga qo‘shib olgan taqdirda ham frantsiyalik hujumchiga belgilangan maosh va bonuslar klubga Orelen Chuamenining transferini ko‘tara olmasligiga olib kelardi.

Orelen aslida “Borda” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. “Monako” uni ikki yil muqaddam 18 million evroga xarid qilgan. Oradan ikki yil o‘tib, monakoliklar futbolchini “Real”ga 80 million evroga pulladi.

Kilian Mbappe esa, kutilmaganda PSJda qolishga qaror qildi. “Real” bu masalada frantsiyalik hujumchiga kelajakda boshqa taklif bermasligini aytmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!