Agent: Igorga Rossiya va Evropadan takliflar bor

  • 27.06.2021 13:35
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol

Futbol agenti Aleksandr Manyakov mijozi Igor Smolnikovga boshqa klublardan takliflar bo‘layotganini ma’lum qildi. Bu haqda Sport24 nashri xabar berdi.

- Ko‘pgina takliflar bor, ammo Igor faoliyatini qaerda davom ettirishi noma’lum. Rossiya va Evropadan variantlar tushgan.

Rossiyada yaxshi va kuchli jamoalar bor. Evropa klublaridan bo‘lgan qiziqishlar ham ahamiyatga molik. Chunki ular evrokuboklarda qatnashadi. Ammo qarorga ko‘p omillar ta’sir o‘tkazadi, - Manyakov.

Igor Smolnikov 2020-2021 yillarda "Krasnodar" safida to‘p tepdi. U yangi mavsum jamoasini o‘zgartirishi kutilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!