
AGMK Dilshod Ahmadaliev bilan shartnomani ikki yilga uzaytirdi
AGMK jamoasining o‘ng qanot himoyachisi Dilshod Ahmadaliev klub bilan o‘rtadagi kelishuvni 2 yilga uzaytirishga rozilik berdi va tomonlar 2023 yilgi mavsum yakuniga qadar mo‘ljallangan shartnoma tuzishdi. Bu haqida klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
Endilikda iqtidorli himoyachi yana 2 mavsum olmaliqliklar sharafini himoya qiladi.
Ma’lumot uchun: Ahmadaliev 2021 yilgi mavsum avvalida AGMK safiga o‘tib, joriy mavsum barcha musobaqalarda 32 o‘yinda ishtirok etib, 1 ta gol va 1 bor golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar