
AGMK nafaqat dastlabki mag‘lubiyatini qabul qildi, balki...
Coca-Sola Superliganing ikkinchi davrasidagi dastlabki tur bizga o‘ziga xos natijalarni taqdim etdi. Hammani birinchi navbatda “Metallurg” – AGMK jamoalari o‘rtasidagi o‘yin qiziqtirayotgandi. Birinchi davrani mag‘lubiyatsiz yakunlagan Mirjalol Qosimov jamoasini qaysi raqib to‘xtata olishi hech kimni befarq qoldirmayotgandi. 14-turda olmaliqliklar Bekobodda “Metallurg” bilan kuch sinashishgan bellashuvda ularning “Mavsum-2020”dagi dastlabki mag‘lubiyati qayd etildi.
Yana bir e’tiborli jihati shunda bo‘ldiki, AGMK joriy chempionatda ilk bor maydonni golsiz tark etdi. Ular “Metallurg”ning yagona goliga javob qaytara olmadi. Birinchi davrada o‘tkazilgan barcha o‘yinlarda esa, AGMK kamida bilan bitta, ko‘pi bilan uchta gol urib kelayotgandi. Bu ham Qosimovning hujumkor va jangovor jamoani tuza olganidan ishora edi. Biroq ikkinchi davrani ular nafaqat mag‘lubiyat bilan boshladi, balki golli seriyasiga ham chek qo‘yilgan holda maydonni golsiz tark etdi.
Fikrlar