
AGMK o‘z futbolchisi bilan shartnomani uzaytirdi
Boburbek Yo‘ldoshev shartnomani uzaytirdi. Ajoyib himoyachi jamoa bilan yangi bitimga imzo chekdi, deya xabar berdi klub matbuot xizmati.
2019 yildan e’tiboran AGMKda faoliyat yuritayotgan Boburbek Yo‘ldoshev kelasi mavsumda ham olmaliqliklar sharafini himoya qilishga tayyor. Klub Yo‘ldoshev bilan 2021 yil yakuniga qadar shartnomani uzaytirdi.
O‘tgan mavsum yakunlariga ko‘ra, "Muxlislar e’tirofi"da AGMK jamoasida eng yaxshi futbolchi deya topilgan himoyachi yangi mavsumda ham o‘zining himoyadagi mustahkam va ishonchli o‘yinlari bilan muxlislarni xursand etishga shay.
Fikrlar