AGMK va "Navbahor" klublarining o‘zaro o‘yinlardagi ustunlik olmaliqliklar tomonida

  • 14 iyun, 2019, 17:37
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Coca Cola Superliga 11-turi doirasida "Navbahor" jamoasi Olmaliqda AGMK klubi mehmoni bo‘ladi.

Tecno

Mazkur raqiblar shu kunga qadar milliy chempionatlarimizda 22 marta kuch sinashishgan. O‘zaro o‘yinlarda olmaliqliklar 10 marta, namanganliklar esa 7 marta zafar quchishgan. Beshta uchrashuvda kuchlar teng kelgan. To‘plar nisbatidagi ko‘rsatkich 32:31, AGMK foydasiga.

Jamoalarning o‘zaro o‘yinlari tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, oliy ligadagi qarama-qarshilikka 2008 yilda asos solingan. O‘sha yili Namanganda o‘tkazilgan dastlabki uchrashuvda “lochinlar” 2:0 hisobida zafar quchishgandi. Olmaliqdagi javob o‘yinida esa jamoalar durangga imzo chekishgandi – 1:1.

Olmaliqda o‘tkazilgan 11ta bahsning ettitasida mezbonlar g‘alaba nashidasini surishgan bo‘lsa, "Navbahor" jamoasi 3 marta zafar quchgan. Bitta uchrashuvda esa tomonlar murosa ko‘chasini tanlashgan. To‘plar nisbatidagi ko‘rsatkich 19:15, AGMK foydasiga.

Jamoalarning o‘zaro barcha o‘yinlari natijalari:                               

2008 yil

“Navbahor” - OTMK - 2:0 (1:0)

Gollar: Sh.Mirxoldirshoev (25), D.Hojiev (85).

OTMK – “Navbahor” - 1:1 (0:1)

Gollar: Sh.Mullajonov (66) - Sh.Sharipov (10).

2009 yil

“Navbahor” – “Olmaliq” - 0:0

“Olmaliq” – “Navbahor” - 2:0 (1:0)

Gollar: S.Usmonxo‘jaev (27), B.Haydarov (72-pen.).

2010 yil

“Olmaliq” – “Navbahor” - 2:1 (0:0)

Gollar: I.Ergashev (64), M.Mamazulumov (85) - G‘.Jo‘raev (51).

“Navbahor” – “Olmaliq” - 0:1 (0:0)

Gol: N.Otaqo‘ziev (68).

2011 yil

“Navbahor” – “Olmaliq” - 0:1 (0:0)

Gol: Z.Pirimov (80).

“Olmaliq” – “Navbahor” - 0:3 (0:1)

Gollar: A.Sultonov (42,67), A.Abdullaev (88).

2012 yil

Olmaliq – Navbahor - 1:0 (1:0)

Gol: A.Vostrikov (7).

Navbahor – Olmaliq - 3:1 (2:0)

Gollar: S.Hamidov (8,20), J.Irismetov (60) - S.Berdiev (74).

2013 yil

Olmaliq – Navbahor - 3:4 (1:1)

Gollar: Sh.Erkinov (6), D.Turopov (52), E.Gogol (81) - A.Bahriddinov (28,54), R.Ahmedov (67,70).

Navbahor – Olmaliq - 1:3 (1:3)

Gollar:  S.Hamidov (5) - O.Jo‘raboev (23), S.Shoahmedov (32,35).

2014 yil

Navbahor – Olmaliq - 3:1 (2:1)

Gol: B.Yoqubov (36), Sh.Erkinov (39,63) - Sh.Hakimov (28).

Olmaliq – Navbahor - 3:1 (1:1)

Gollar: A.Isroilov (6),S.Shoahmedov (52,83) - Sh.Erkinov (31).

2015 yil

Navbahor – Olmaliq - 2:2 (1:1)

Gol: Sh.Erkinov (38,68) -  Sh.Salomov, (45+2), A.Omonov (59).

Olmaliq – Navbahor - 2:1 (1:0)

Gollar: S.Quttiboev (5,65) - D.Jabborov (69).

2016 yil

“Olmaliq” – “Navbahor” - 2:1 (2:0)

Gollar: A.Omonov (4), F.Tojiev (22) - A.Rajabov (71).

“Navbahor” – “Olmaliq” - 3:3 (0:2)

Gollar: A.Abdullaev (47), I.Isoqjonov (49), A.Mahmudov (72) - X.Muxtorov (7), M.Isaev (28), A.Amanov (50).

2017 yil

“Olmaliq” – “Navbahor” – 2:1 (1:0)

Gollar: S.Rixsiboev (13), I.Yelich (89) – O.O‘runov (90).

“Navbahor” – “Olmaliq” – 1:1 (0:0)

Gollar: N.Yovanovich (83) – Sh.Mullajonov (90+2).

2018 yil

AGMK – “Navbahor” – 1:2 (0:0)

Gollar: Z.Polvonov (82) – A.Turg‘unboev (50), D.Jabborov (90+2).

“Navbahor” – AGMK – 1:0 (1:0)

Gol: D.Stanoevich (15).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!