Aguero uchun futbol tugadi

  • 12.11.2021 19:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Barselona” hujumchisi Serxio Aguero yurak bilan bog‘liq muammolar tufayli futbolchilik faoliyatini tugatishi kutilmoqda.

Argentinalik hujumchi Ispaniya chempionatida “Alaves” bilan bo‘lgan o‘yinda takixardiya tufayli o‘zini noxush his qilgan va zaxiraga olingandi.

Dastlabki tekshiruvlar ftbolchi bir necha oy davolanib, maydonga qaytishi mumkiligini ko‘rsatgandi.

Biroq,  chuqurlashtirilgan tekshiruvlar futbolchining yuragidagi muammo kutilganidan ancha jiddiyligini aniqladi. Shifokorlar Agueroni boshqa maydonga qayta olmaslik ehtimoli kattaligidan ogohlantirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!