Ahliddin Mirzadavlatov "Muradov_professional_Liga"da jang qiladi. Raqib ham ma’lum

  • 7 fevral, 2022, 16:55
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, 27 fevral kuni Toshkentda "Muradov_professional_Liga"ning navbatdagi turniri bo‘lib o‘tadi. Ushbu jang kechasida yurtimizning ko‘plab ko‘zga ko‘ringan vakillari oktagonga ko‘tariladi. 

Jumladan, Ahliddin Mirzadavlatov hav 2 yillik tanaffusdan so‘ng, yana jang qiladi. Unga braziliyalik Alisson Marreyra raqiblik qiladi. 

Braziliyalik atlet faoliyati mobaynida 4 ta g‘alaba va 2 ta mag‘lubiyat qayd etgan. Hamyurtimizning ko‘rsatkichi esa, 8 g‘alaba va ikki mag‘lubiyatga teng. Mirzadavlatov so‘ngi jangini 2020 yilda Rossiyaning eng mashhur va nufuzli promousheni ACAda o‘tkazgan va u ikki raund mobaynida mezbonlar vakili Mixail Balakirovdan yaqqol ustunlik qilayotgan bir pallada, ta’qiqlangan zarba yo‘llagani uchun jangdan chetlatilib, mag‘lubiyat yozilgan edi. 

Shundan so‘ng, mashg‘ulotlar mobaynida orttirib olgan jarohatini tiklab, yana oktagonga qaytmoqda. Shu o‘rinda ushbu jangda hamyurtimizga omad yor bo‘lishini tilab qolamiz!

273387958_274417598108951_6921000258792855671_n

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!