Ahmedov to‘liq o‘ynagan o‘yinda "Shanxay SIPG" kambek qildi (video)
Bugun Xitoy Superligasining 4-turida “Shanxay SIPG” o‘z maydonida o‘zidan bir pog‘ona pastda borayotgan “Uxan Chjoer” klubini qabul qildi va 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Marko Arnautovich va Oskarning gollari shanxayliklarning joniga oro kirdi.
“Shanxay SIPG” safidagi hamyurtimiz Odil Ahmedov o‘yinni asosiy tarkibda boshladi va 92+2 daqiqada o‘rnini jamoadoshi Yan Shiyuanga bo‘shatib berdi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhi hamda kiritilgan gollarni tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar