
Ahmedovning sobiq ustozi faoliyatini qaerda yakunlamoqchi ekanini aytdi
"Marsel" klubi bosh murabbiyi Andre Villash-Boash kelajak rejalari haqida to‘xtalib o‘tdi.
“Yaqinda murabbiylik faoliyatimni boshlaganimning 10 yilligini nishonlayman. Umid qilamanki bunday paytda "Marsel" bilan sovrin yutaman. Chunki bu erda meni juda iliq kutib olishdi. Katta ehtimol bilan faoliyatimni aynan "Marsel"da yakunlayman. Keyin esa "Portu" prezidenti bo‘lishni xohlayman”, - deydi portugaliyalik mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, Villash-Boash bundan avvalroq hamyurtimiz Odil Ahmedov to‘p suradigan Shanxay SIPG klubini boshqargan edi. U shuningdek “Zenit” va “Tottenxem”da ham ishlagan.
Fikrlar