Ahrorov: "O‘yinimiz yaxshi va muxlislarga yoqmoqda, deb o‘ylayman"
OKMK Superliganing 26-turida "Nasaf"ni o‘z maydonida qabul qilib, durang natija qayd etdi. O‘yinda hisobni Nodir Abdirazzoqov ochgan bo‘lsa, Cheran imkoniyatlarni tenglashtirib qo‘ydi. O‘yindan keyin esa Olmaliq klubi himoyachisi Saidavzalxon Ahrorov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
O‘yin yaxshi o‘tdi, deb o‘ylayman. Chemponlikka kurashayotgan jamoalar uchun muhimroq o‘yin edi. Superligani yaxshi kayfiyatda yakunlab qo‘yish maqsadida harakat qildik.

Menga chempionat boshida murabbiylar ishonch bildirishdi. mavsum yomon boshlanmadi, lekin jarohat bo‘lib qoldi. Hozir hammasi yaxshi, jarohatdan ham qutuldim. Sog‘lik bilan muammo bo‘lmay tursa, chemionatni yaxshi tugatib olamiz.
O‘yinimiz yaxshi, muxlislarga yoqmoqda, deb hisoblayman. Hammasi yaxshi bo‘lib turibdiku-ya, orada pasayish bo‘lib qoldi. Barqarorlikka keladigan bo‘lsak... mavsum o‘rtasida jarohatlar ham bo‘ldi. Shu sababli, ozgina tarkibda ko‘p almushinuvlarni ham hisobga olish kerak.

Ma’lumot uchun, Ahrorov ushbu mavsum OKMK tarkibida 12 ta o‘yinda maydonga tushdi. Futbolchining hisobida bitta assist ham bor.
Fikrlar