AIBA ning yangi nizomi XOQ talablariga muvofiq tayyorlanmoqda... 10 ta vazn toifasi tiklanmaydiganga o‘xshaydi

  • 19 noyabr, 2019, 19:37
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Xalqaro boks assotsiatsiyasining (AIBA) ijroiya kengashi, tashkilotning yangi nizomi tayyorlanishini 2020 yil martga qoldirdi. Bu haqda AIBA ijroiya qo‘mitasi a’zosi, Rossiya boks federatsiyasining bosh kotibi Umar Kremlyov ma’lum qildi.

Tecno

AIBA ushbu voqeylikni 14 dekabrdan 20 martga qoldirildi.

“Nizomga bir qator o‘zgartirishlar kiritiladi. U XOQ talablariga muvofiq tayyorlanmoqda”, deb xabar berdi Kremlyov TASS agentligiga tayanib.

Aynan, ushbu nizomdan ko‘pchilik yangilik kutayotgan edi. Jumladan, o‘zgartirilgan vazn toifalari yana o‘z o‘rniga qaytadi degan mish-mishlar ham paydo bo‘lgandi. Agar, XOQ talablariga muvofiq bu o‘zgarish amalga oshsa, avvalgi holatiga qaytish imkoniyati juda ham past bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!