Aichi-Nagoya-2026: Dzyudochilarimizning ilk davradagi raqiblari ma'lum
XX Osiyo oʻyinlarining dzyudo musobaqasiga qur’a tashlandi
Ertaga Aichi-Nagoya (Yaponiya) mezbonlik qilayotgan XX yozgi Osiyo oʻyinlarining dzyudo bahslariga start beriladi.
Osiyo qitʼasi uchun toʻrt yillikning eng nufuzli musobaqasida 32 davlatning 199 (113 erkak, 86 ayol) nafar dzyudochisi 14 ta (7 ta ayol, 7 ta erkak) vazn toifasida medallar uchun bahs olib boradi.
Biroz avval turnirga qurʼa tashlash marosimi oʻtkazilib, sportchilar Osiyo oʻyinlarining ilk davrasidagi raqiblarini bilib olishdi. Dzyudo bahslari 30 sentabr - 3 oktabr kunlariga belgilangan. Avvaliga uch kun mobaynida yakkalik bahslari, toʻrtinchi kuni esa aralash jamoaviy mikst bellashuvlari tashkil oʻtkaziladi.
-60 kg: Samariddin Qoʻchqorov — Vikas (Nepal)
-66 kg: Abdurahim Nutfulloev — Keisei Nakano (Filippin)
-73 kg: Shahram Ahadov — Mohammad Saedi (Afgʻoniston)
-81 kg: Arslonbek Tojiev — Abubakr Sherov (Tojikiston)/Muayyad Tvaib
-90 kg: Nurbek Murtazoev — Shodmon Rizojev (Tojikiston)
-100 kg: Ernazar Sarsenbaev — Kittipong Hantratin (Tailand)
+100 kg: Muzaffarbek Toʻraboev — Mansur Rahmon (Tojikiston)
QIZLAR:
-48 kg: Laziza Haydarova — Mitsuki Kondo (Yaponiya)
-52 kg: Sita Kadambaeva — Meruert Sarsenova (Qozogʻiston)/Toukki Sengdaki (Laos)
-57 kg: Shukurjon Aminova — Janar Joldosheva (Qirgʻiz Respublikasi)
-63 kg: Marjona Nurulloyeva — Kim Ji Hay (KXDR)
-70 kg: Khurshida Razzoqberdieva — Fabiha Busra (Bangladesh)
-78 kg: Barchinoy Qodirova — Obonika Hassan (Bangladesh)
+78 kg: Umida Nigmatova — Miki Mukunoki (Yaponiya)
Bu haqida Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Izohlar (0)