
Ajoyib yangilik! Shahram G‘iyosov va Elnur Abduraimovlarning jang sanasi ma’lum bo‘ldi. Ular Dmitriy Bivol - Saul Alvares kardida ringga ko‘tariladi
Professional boks yulduzlaridan biri hisoblangan mutlaq jahon chempioni meksikalik Saul "Kanelo" Alvares va rossiyalik WBA chempioni Dmitriy Bivol jangi 7 may kuni Amerika Qo‘shma Shtatlari Las-Vegas shahridagi "T-Mobile" arenasida bo‘lib o‘tadi.
Quvonarlisi shundaki, ushbu kardda o‘zbek bokschilari - super engil vazn toifasida faoliyat olib borayotgan Shahram G‘iyosov (12-0, 9KO) va super yarim engil vaznli Elnur Abduraimov (8-0, 7KO) ham ringga ko‘tariladi. Ularga hozircha kim raqiblik qilishi aniq emas.
Shuningdek, ushbu kechadan Filip Hrgovich va Chjiley Chjan o‘rtasida og‘ir vazn toifasi IBF eliminator jangi, super engil vaznda Montana Lav va Gabriel Venesuella o‘rtasidagi jang ham o‘rin olgan. Hozirda anderkard bahslari yana to‘ldirib borilmoqda.
Eng so‘nggi yangiklarni Sports.uz saytida kuzatib boring!
Fikrlar