
Aka-uka Brayanlarning ertagi davom etadi
Florida shtatida o‘tayotgan "Miami Open" musobaqasining erkaklar o‘rtasidagi juftlik bahslarida yarim final bosqichi yakunlandi.
Unda amerikalik Mayk va Bob Brayan final yo‘llanmasi uchun o‘tgan o‘yinda polshalik Lukash Kubot va braziliyalik Marselo Meloni 7:6, 6:7, 14:12 hisobida taslim qildi.
Endi Mayami shahrida o‘tayotgan turnirning final o‘yinida aka-uka Brayanlar gollandiyalik Uesli Koolxof va gretsiyalik Stefanos Tsitsipasga qarshi kortga chiqadi.
Fikrlar