Akademik eshkak eshish. Terma jamoamiz Osiyo chempionatida ikkinchi bo‘ldi!
Birinchi o‘rin Xitoy sportchilariga nasib etdi.
Samarqandda akademik eshkak eshish bo‘yicha Osiyo chempionati o‘z yakuniga etdi. Musobaqaning so‘nggi kunida ham O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari muvaffaqiyatli ishtirok etib, 2 ta oltin, 3 ta kumush va 2 ta bronza medallariga sazovor bo‘lishdi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.
Ikkinchi kungi bellashuvlarda quyidagi sportchilarimiz shohsupaga ko‘tarildi:
Oltin medal:
M2-: D.Xudoyberdiev, F.Karimov
M8+: A.Turdiev, D.Xudoyberdiev, Sh.Hamdamov, E.Agafonov, F.Oblaqulov, D.Davronov, F.Karimov, S.Hamroqulov
Kumush medal:
W2x: A.Prakaten, M.Tagmatova
M1x: M.Mamatqulov
M4x: J.Turg‘unov, Sh.Xolmurzaev, M.Mamatqulov, S.Safaraliev
Bronza medal:
W8+: S.Abdurashidova, B.Sattorova, R.Karimova, R.Sattorova, V.Peregudova, S.Qo‘zimurodova, O.Sattorova, A.Smetullaeva
LW4x: Sh.Rahmonqulova, A.Drasutite, Sh.Jo‘raboeva, E.Solovyova
Shu tariqa, sportchilarimiz mazkur qit’a birinchiligini 5 ta oltin, 4 ta kumush va 3 ta bronza, jami 12 ta medal bilan umumjamoa hisobida Xitoydan so‘ng ikkinchi o‘rinda yakunlashdi.
Izohlar (0)