Ake transferi Gvardiola uchun kamlik qilmoqda

  • 3 avgust, 2020, 22:33
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" himoya chizig‘ini kuchaytirish niyatida, deya xabar bermoqda ESPN nashri.

Manbaga ko‘ra, "shaharliklar" Akening transferi amalga oshirilgan vaziyatda ham "Napoli" sardori Kalidu Kulibali va "Valensiya" fulbeki Pau Torresga bo‘lgan qiziqishlarini saqlab qoladi.

Mavsum restartidan so‘ng, Jon Stounz Nikolas Otamendiga asosiy tarkib uchun kurashni boy berdi, shuningdek, 19 yoshli himoyachi Erik Garsiyaning "Siti"dagi taqdiri so‘roq ostida qolmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!