Akmal Rustamov: "O‘tgan turdagi mag‘lubiyatdan so‘ng bugun yutmasak bo‘lmasdi"
Superliga 26-turidan o‘rin olgan "Qizilqum" - "Dinamo" bahsi bo‘lib o‘tdi. Bellashuv mezbonlarning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
2-daqiqada Islom Kenjaboev hisobni ochgan bo‘lsa, 31-daqiqada Jambuli Jigauri oradagi farqni ikkitaga etkazib qo‘ydi. Bir qancha vaziyatlar bo‘lishiga qaramay, muxlislar boshqa gol ko‘rmadi.
O‘yindan so‘ng "Qizilqum" jamoasi bosh murabbiyi Akmal Rustamov matbuot anjumanida qatnashdi.
"Uchrashuvga keladigan bo‘lsak, chiroyli bahs ko‘rdik. O‘tgan turda "Paxtakor"ga mag‘lub bo‘lgan edik va bugun uyimizda "Dinamo"ni yutmasak bo‘lmasdi. Bugun yaxshi harakat qilgan uchun shogirdlarimga, bizni qo‘llab-quvvatlab turgan muxlarga rahmat aytmoqchiman. Bugun 2:0 hisobida g‘alaba qozondik va bu albatta yoqimli. Ertadan keyingi o‘yinga tayyorgarlikni boshlaymiz.
"Dinamo" jamoasida terma jamoa darajasidagi futbolchilar bor. "Qizilqum"da ham shunday futbolchilar bormi? Rahbariyat klub oldiga terma jamoaga futbolchi etkazish vazifasini qo‘yganmi?
"Dinamo" kuchli jamoa. Ularning tarkibida yoshlar ko‘proq. Ularning ayrimlari terma jamoada o‘ynashadi. Bizda termaga futbolchi etkazib berish uchun vaqt kerak bo‘ladi. Biroq bizda ham yaxshi saviyadagi yoshlar bor. Ularga imkoniyat berishga harakat qilamiz. Avvalo jamoamizda o‘zini yaxshi tomondan ko‘rsata olsa, xudo hohlasa termalarda ham o‘ynashadi. Bu borada ham harakat qilamiz", - dedi Rustamov.



Fikrlar