
"Al-Ahli" - "Nasaf": O‘zaro to‘qnashuvlardagi ustunlik qaysi jamoada?
Xabaringiz bor, bugun Elit Chempionlar Ligasining dastlabki turi doirasida "Nasaf" "Al-Ahli" mehmoni bo‘ladi.
Mazkur jamoalar shu kunga qadar 2015 va 2016 yillarda o‘zaro 4 ta bahsda to‘qnash kelgan. Ushbu o‘yinlar ham aynan mana shu turnir doirasida bo‘lib o‘tgan.
Jamoalar o‘rtasidagi o‘yinlardagi ustunlik Saudiya Arabistoni klubida. Jamoa 4 ta bellashuvning 2 tasida g‘alaba qozongan. Bir to‘qnashuvda "Nasaf" zafar quchgan bo‘lsa, bitta bahsda jamoalar durangga imzo chekkan.
04.03.2015: "Al-Ahli" 2:1 "Nasaf"
05.05.2015: "Nasaf" 0:0 "Al-Ahli"
24.02.2016: "Al-Ahli" 2:1 "Nasaf"
02.03.2016: "Nasaf" 2:1 "Al-Ahli"
Fikrlar