"Al Ain International Cup". O‘zbekiston terma jamoasi Eronga qarshi uchrashuvda qanday libosda harakat qilishi ma’lum
Xabaringiz bor, noyabr oyidagi FIFA kunlaridi O‘zbekiston terma jamoasi "Al Ain International Cup" turnirida ishtirok etmoqda. Vakillarimiz dastlabki o‘yinda Misr termasini 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Musobaqaning finalida Kannavaro shogirdlari Amir G‘alenoyi boshchiligidagi Eron terma jamoasi bilan to‘qnash keladi.
Ushbu o‘yin oldidan jamoalar rasmiylari bellashuv tashkiliy masalalari bo‘yicha uchrashuv o‘tkazishdi. Vakillarimiz mazkur bahsda to‘liq ko‘k libosda, darvozabonimiz esa olov rangli libosda harakat qilishi ma’lum bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, Eron - O‘zbekiston bahsi 18 noyabr kuni soat 21:00da start oladi.



Fikrlar