"Al-Hilol" "Barselona" hujumchisiga qiziqmoqda
"Al-Hilol" "Barselona" vingeri Rafinya Diasni o‘z safiga qo‘shib olish niyatida.
"Mundo Deportivo" nashri xabariga ko‘ra, Rafinyaning o‘zi va uning atrofidagilar Saudiya klubining qiziqishidan xabardor.
Xabar qilinishicha, "ko‘k-anorranglilar" braziliyalik vingerni eng kamida 40 million evroga baholamoqda. Braziliyalik futbolchining tovon puli esa 1 milliard evroni tashkil qiladi.
O‘tgan mavsumda Rafinya "Barsa" safida 36 bellashuvda maydonga tushib, 7 ta gol muallifiga aylangan.
Fikrlar