"Al-Hilol" braziliyalik yulduz transferini e’lon qildi

  • 25.07.2023 15:56
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

"Al-Hilol" "Zenit" bilan Malkom transferini muhokama qildi. 

Fabritsio Romano bergan xabarga ko‘ra, Saudiya klubi braziliyalik futbolchi transferi bo‘yicha kelishuvga erishishga yaqin turibdi. Tomonlar hujjatlarni imzolash arafasida. 

"Zenit" ushbu transferdan 60 million evro oladi. Hozir jamoalar transfer tafsilotlarini muhokama qilmoqda. 

Qayd etish lozim, Malkomning sankt-peterburgliklar bilan shartnomasi 2027 yilgacha mo‘ljallangan. 


Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!