
"Al-Hilol" "Liverpul" futbolchisi uchun 50 million taklif qildi
Saudiya Arabistonining "Al-Hilol" jamoasi "Liverpul" vakili Luis Diazni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqda "The Guardian" nashri xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, klub Diazni sotishni rejalashtirmayapti. Biroq saudiyaliklar kolumbiyalik iqtidor sohibi uchun 50 million evro to‘lashga tayyor.
Eslatib o‘tamiz, "Al-Hilol" bundan oldin Kalidu Kulibali, Ruben Nevesh va Sergey Milinkovich-Savich kabi futbolchilarni o‘z safiga qo‘shib olgandi.
Fikrlar