
"Al-Hilol" "Manchester Yunayted" etakchisini ko‘zlagan edi
"Manchester Yunayted" sardori Bruno Fernandesh "Al-Hilol" qiziqish doirasiga tushib qoldi.
Portugaliyalik futbolchi Saudiya gigantining yozgi transfer oynasidagi ehtimoliy maqsadlaridan biri sifatida aniqlandi, deb xabar beradi "Record". Qayd etilishicha, “Al-Hilol” yanvar oyida 29 yoshli yarim himoyachini o‘z safiga qo‘shib olishga uringan, biroq futbolchi bu qarorini rad etgan. U Evropada o‘ynashni ma’lum qilgan.
"Transfermarkt" portali Bruno Fernandeshning narxini 70 million evroga baholamoqda. Uning "Manchester Yunayted" bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilgacha mo‘ljallangan.
Fikrlar