
"Al-Hilol" o‘z himoyasini "Manchester Siti" yoki "Bayer" futbolchisi bilan mustahkamlamoqchi
Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” klubi o‘zining himoya chizig‘ini yulduz futbolchi bilan mustahkamlash niyatida.
Saudiyaliklar himoyaning o‘ng qanotida o‘ynaydigan futbolchi qidirishmoqda. "Manchester Siti" sharafini himoya qilayotgan Kayl Uoker va Joau Kanselo, shuningdek, "Bayer"dan Jeremi Frimpong saudiyaliklarning nomzodlar ro‘yxatidan joy olgan. Bu haqda jurnalist Jek Gagan xabar bermoqda.
Ko‘rinishidan, “Al-Hilol” 23 yoshli niderlandiyalik futbolchi nomzodiga ko‘proq qiziqish bildirmoqda. Transfermarkt ekspertlari Uoker va Kanseloning narxini mos ravishda 13 va 25 million evroga baholamoqda. Frimpongning xuddi shu portaldagi narxi 50 million evro. “Al-Hilol” yaqinda Saudiya Arabistoni Superkubogini qo‘lga kiritib, finalda “An-Nasr”ni mag‘lub etdi (4:1).
Fikrlar