"Al-Hilol" rasmiylari Namanganda! Ular nega o‘yindan 15 kun oldin kelishdi?

  • 13 noyabr, 2023, 23:09
  • Bekzod Isayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, Osiyo Chempionlar ligasi (OChL) "D" guruhining 5-tur o‘yini doirasida "Navbahor" 28 noyabr kuni o‘z maydonida Saudiya Arabistonining "Al-Hilol" (Ar-Riyod) jamoasini qabul qiladi. Shu munosabat bilan "Al-Hilol" vakillari Namangandagi sharoitlar bilan tanishish hamda jamoa delegatsiyasi istiqomat qilishi uchun mehmonxona band etish va zaruriy sharoitlarni hozirlash maqsadida Namanganga tashrif buyurdilar. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Tecno

Mehmonlarni "Navbahor" klubi vitse-prezidenti Otabek Samatov boshchiligidagi "Navbahor" rasmiylari kutib olishdi hamda imkoniyat va sharoitlar bilan tanishtirishdi. Mehmon jamoa vakillari 26 noyabr oqshomida yurtimizga etib kelishni rejalashtirayotganliklarini ma’lum qilishdi.

Klub vitse-prezidenti Otabek Samatov "Al-Hilol" koordinatori Fahad Al Madidga jamoa futbolkasini sovg‘a qildi.

photo_2023-11-13_21-52-34

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Bahrom Yunusov
14/11/2023 08:58
Oydin plazada