
"Al-Hilol" Vinisius uchun 800 million sarflamoqchi
Saudiya Arabistonining "Al-Hilol" klubi rahbariyati hozirda "Real" hujumchi Vinisius Juniorni o‘z jamoasida ko‘rishni istaydi. Bu haqda "Sports Zone" xabar bermoqda.
Manbaning xabariga ko‘ra, Saudiya klubi 24 yoshli hujumchining agentlari bilan bog‘langan. “Al-Hilol” bu kelishuv uchun 800 million evro sarflashga tayyor. Bu summaga hujumchining transfer qiymati, maoshi va bonus to‘lovlari kiradi.
Eslatib o‘tamio‘, Vinisiusning "qaymoqranglilar" bilan shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar amal qiladi. Futbolchining transfer qiymati 200 million evroga baholanmoqda.
Fikrlar