
"Al-Ittihod" ikki futbolchini ko‘ndira olmadi
"Al-Ittihod" Ibrohim Konate va Jan-Kler Todibo bilan shartnoma imzolashni xohlagan.
Jurnalist Fabrisa Xokinsning ma’lum qilishicha, Todibo saudiyaliklarning katta maoshini rad etgan. Himoyachi "Manchester Yunayted"dan ham qizizish bo‘layotganiga qaramay "Nitstsa"da qolishga qaror qilgan.
Shuningdek, Jidda klubi Konate bilan ham shartnoma imzolashga harakat qilgan, biroq 24 yoshli fulbek o‘z maqsadlariga APL jamoasi bilan erishishni istagan.
Fikrlar