“Al-Ittihod” Kantening o‘rnini “Real” yulduzi bilan to‘ldirmoqchi
Saudiya Arabistonining "Al-Ittihod" klubi Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Eduardo Kamavingni sotib olish uchun katta moliyaviy taklif tayyorlamoqda. Bu haqida 365Scores nashriga tayanib, Mundo Deportivo nashri xabar berdi. Klub "qaymoqranglilar" havbekini "Fenerbahche"ga ketgan N'Golo Kantening o'rinbosari sifatida ko'rmoqda.
Kamavinga "Real" bilan 2029 yil yozigacha mo'ljallangan uzoq muddatli shartnomaga ega, ammo odatda Saudiya Arabistoni Pro-ligasida taklif qilinadigan muhim moliyaviy shartlar nazariy jihatdan ispan klubiga o'ylash uchun sabab bo'lishi mumkin.
Fransiyalik yarim himoyachini yozgi transferlar oynasida "Al-Ittihod" klubi o'z safiga qo'shib olishi kutilmoqda. Avvalroq Kamavingaga "Liverpool" va "Arsenal" qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar