
"Al-Ittihod" kichik farq bilan zafar quchdi, Benzema g‘alaba golini urdi
Arab klublari o‘rtasidagi Chempionlar kubogidan o‘rin olgan "Al-Shorta" - "Al-Ittihod" bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda saudiyaliklar 2:1 hisobida raqibdan ustun keldi.
Dastlab, jiddaliklar tarkibida Bamsaud hisobni ochgan bo‘lsa, 80-daqiqada Abdul Majid muvozanatni tikladi. 84-daqiqa o‘tib borayotgan bir paytda Benzema penaltidan gol urib, jamoasiga g‘alaba taqdim etdi.
9 ochkoga ega "Al-Ittihod" "A" guruhini peshqadam sifatida yakunladi. Ular keyingi bosqichda "B" guruhida ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan "Al-Hilol" bilan kuch sinashadi.
Fikrlar