«Al-Nasr» Krishtianu Ronalduni bo‘yicha qaror qabul qildi

  • 18.08.2026 12:05
  • Abdukarim Atayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Saudiyaning «Al-Nasr» klubi sardori va yetakchi hujumchisi Krishtianu Ronaldu jamoaning ketma-ket ikkinchi oʻyinini ham oʻtkazib yuborishi kutilmoqda, deb xabar bermoqda Sports.kz.

 

Al Nassr Zone manbasiga koʻra, portugaliyalik yulduz Saudiya Arabistoni Chempionlar Kubogi doirasidagi navbatdagi uchrashuvda – «Al-Diriya»ga qarshi bahsda maydonga tushmaydi. Ushbu oʻyin 18 avgust kuni boʻlib oʻtadi.

 

Bundan avval, 41 yoshli Krishtianu Saudiya Pro-ligasining start turidagi «Al-Fateh»ga qarshi bellashuvda (3:0) ishtirok etmagan edi. Shunga qaramasdan, uchrashuv oldidan u kiyinish xonasida jamoadoshlariga ruhiy koʻmak berib, ularni gʻalabaga ruhlantirgani aytilmoqda.

 

Oʻtgan mavsumda Krishtianu Ronaldu «Al-Nasr» safida barcha musobaqalar doirasida 37 ta oʻyin oʻtkazib, 30 ta gol urdi va uch marta golli uzatma berdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!