
"Al-Vehdat" bosh murabbiyi: "Nasaf"ning o‘yin uslubi Evropa futboliga yaqin"
Xabaringiz bor, "Nasaf" ertaga Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichi 2-turida "Al-Vehdat"ga qarshi maydonga tushadi. Iordaniya klubi bosh murabbiyi Rayed Assaf va futbolchi Ahmad Elias bugun o‘yin oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida ishtirok etdi.
Murabbiy: - Bu "Nasaf" bilan o‘zaro ikkinchi o‘yinimiz. Biz uchun juda muhim bahs. Biz bu uchrashuvga etarlicha tayyorgarlik ko‘rdik.
Futbolchi: - Avvalambor, ilk o‘yinda bizni qo‘llab-quvvatlab turgan muxlislarimizga minnatdorchilik bildiraman. Ular bizga katta yordam berdi. Dastlabki bahs natijasi ular yordamida qo‘lga kiritildi.
Murabbiy: - Guruhdagi ikki o‘yin ham durang bilan tugadi. Bu barcha jamoalarda imkoniyat borligini anglatadi. Birinchi bahs doim qiyin bo‘ladi. Bu barcha uchun bir hil qoida. Muxlislarimiz yordami bilan yaxshi o‘yin ko‘rsatdik. 3 ochko olishimiz mumkin edi. Biroq 1 ochko ham yomon emas.
"Nasaf" - juda yaxshi o‘yin tashkil etadigan jamoa. Ularning uslubi Evropa futboliga yaqin. Oldinda bizni qiyin uchrashuv kutmoqda.
Biz bilamizki, "Nasaf" futbolchilari o‘tgan yili OFK kubogida qatnashgan. Futbolchilar bir-birini yaxshi tushunadi. Biz raqib o‘yinini tahlil qilib chiqdik. Ertangi o‘yinda maydonda borimizni beramiz.
Fikrlar