Alaba "Bavariya"da qolishni istamayapti

  • 13 oktabr, 2020, 20:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Bavariya" himoyachisi David Alaba myunxenliklarning shartnomani uzaytirish bo‘yicha navbatdagi taklifini ham rad etdi.

Tecno

Marca nashrining xabar berishicha, nemis grandi 28 yoshli avstriyalik futbolchiga yiliga 11 mln evro maosh taklif qilgan. Ammo u buni qabul qilmagan.

Alabaning “Bavariya” bilan amaldagi shartnomasi yana bir yildan so‘ng o‘z nihoyasiga etadi. Unga “Real” va “Barselona”dan jiddiy takliflar bor.

David o‘tgan mavsum “Bavariya” safida jami 41 ta o‘yinda maydonga tushdi va 2 ta gol hamda 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!