Alam qilsin! “Manchester Yunayted” yulduzi g‘alabali finalda o‘ynashdan bosh tortgani oshkor bo‘ldi

  • 28 may, 2024, 18:28
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” Angliya kubogi finalida “Manchester Siti” futbolchilarini mag‘lubiyatga uchratib, bosh sovrinni qo‘lga kiritdi. Biroq bu muhim g‘alabada Kazemiro ishtirok etmadi.

Ma’lum bo‘lishicha, braziliyalik yulduz jamoa bosh murabbiy Erik ten Xagga uchrashib, finalda ishtirok etmasligini ma’lum qilgan.

Bungacha niderlandiyalik mutaxassis 32 yoshli futbolchini ketma-ket o‘nta uchrashuvda boshlang‘ich tarkibda maydonga tushirgan edi. Kazemiroda kichik jarohat aniqlangani bois, murabbiylar shtabi final o‘yini uchun uni zaxiradagilar ro‘yxatiga qo‘shdi.

Biroq, Erik ten Xag Kazemironi qaydnomadan chiqarib tashlab, uning o‘rniga Villi Kambvalani kiritishiga to‘g‘ri keldi.

Daily Mirror nashrining yozishicha, mavsumni juda bo‘sh o‘tkazgan Kazemir Braziliya terma jamoasining Amerika kubogi uchun jamlagan tarkibiga kiritilmagan. Shu bois, Erik ten Xagga uchrab, Angliya kubogi finalida o‘ynash istagi yo‘qligi aytgan va oilasi bilan dam olishga jo‘nat ketgan.

Aksariyat mutaxassislar endi braziliyalik yulduz “Manchester Yunayted”ga qaytmasligini ta’kidlamoqda. Kazemiroga Saudiya Arabistoni klublar da’vogarlik qilyapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!