Asosiy mazmunga oʻtish

Alamli mag‘lubiyat! Mbappe so‘nggi daqiqada penalti dan gol urolmadi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Mbappe uyalib qoldi

2026/2027 yilgi mavsum La Ligasining 4-turidan o‘rin olgan “Betis” va “Real” o‘rtasidagi uchrashuv yulduzlarga to‘lgan madridliklar mag‘lubiyati bilan yakunlandi.

Bahs Sevillyadagi “Olimpiko de Sevillya — La Kartuxa” stadionida bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvni bosh hakami Alehandro Ernandes boshqardi.

81-daqiqada “Betis” hujumchisi Troi Perrott hisobni ochdi. 87-daqiqada “Real” hujumchisi Karlos Espi gol urdi, ammo u ofsayd sabab bekor qilindi. 90+4-daqiqada Madrid jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe penaltidan gol ura olmadi.

La Liganing to‘rtta turidan keyin “Betis” to‘qqiz ochko jamg‘argan va uchinchi o‘rinni egalab turibdi. Xose Mourinyo jamoasi ham to‘qqiz ochko to‘plagan, ammo qo‘shimcha ko‘rsatkichlar evaziga ikkinchi o‘rinda bormoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q