Aleks Pereyra Konorning qarorini qo‘llab quvvatladi

  • 27.06.2024 09:31
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA

Yarim og‘ir vazn toifasida UFC chempioni Aleks Pereyra Konor MakGregorning barmoq sinishi tufayli Maykl Chendlerga qarshi jangdan voz kechish qaroriga izoh berdi.

 "Konor jang qilishi kerak edimi yoki yo‘q – bu bo‘yicha nimadir deya olmayman. U o‘zini moliyaviy jihatdan ta’minlab bo‘lgan. Konorning o‘rnida bo‘lganimda, balki men ham jang qilmasdim. Bu kabi vaziyatlarda oktagonga chiqish men uchun ham qiyin”, - deya Pereyraning so‘zlarini keltiradi BJ Penn.

Eslatib o‘tamiz, MakGregor(22-6) 29 iyun kuni Maykl Chendler(23-8)ga qarshi jang o‘tkazishi kerak edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!