Aleks Perreyra: "Hayot menga shafqat qilmadi"
Braziliyalik UFC jangchisi Aleks Perreyra Oq Uydagi turnirdan oldin motivatsion nutq so‘zladi.
"Hayot menga shafqat qilmadi. Ishga erta kirdim, odamlarni sindiradigan narsalarga - spirtli ichimliklar, ko‘chalar va tartibsizliklarga erta duch keldim. Ammo qaysidir lahzada tushundim: yo hayotim uchun mas’uliyatni o‘z zimmamga olaman yoki u meni butunlay sindiradi.
Bolaligimdan jang qilganman. Ammo buni to‘g‘ri yo‘lga solganimdan keyingina hammasi o‘zgardi. Shu bois har bir jangim qaerdan kelganim va nima uchun hech qachon ortga qaytmasligimni eslatadi", - dedi "Poatan".
Eslatib o‘tamiz, Perreyra 15 iyun kun "UFC Freedom 250" turnirida fransiyalik Siril Ganga qarshi oktagonga ko‘tariladi.

Fikrlar