Aleks Perreyra Oq Uydagi turnir oldidan og‘ir vazndagi barcha jangchilarga murojaat qildi

  • 11.06.2026 16:43
  • Javohir Malikov
  • 0
  • MMA
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Braziliyalik UFC jangchisi Aleks Perreyra "UFC Freedom 250" turnirida Siril Ganni mag‘lub etsa, imkon qadar tezroq yana oktagonga  qaytishga va’da berdi.

"Barcha og‘ir vazndagi yigitlar, mashg‘ulotlarni bugundan boshlang. Chunki Siril bilan hisob-kitobim tugashi bilanoq, agar sog‘-salomat bo‘lsam, menga zudlik bilan navbatdagi jangni berishlari uchun UFC ga bosim o‘tkazmoqchiman", - dedi Braziliya vakili Ariel Xelvaniga bergan intervyusida.

Avvalroq, "Poatan" divizionning amaldagi chempioni Tom Aspinallga qarshi jangni kutmoqchi emasligini aytib o‘tgan edi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!