Aleksandr Lobanovni turkiyalik murabbiy shug‘illantirmoqda

  • 7 iyul, 2017, 23:50
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Jar" stadionida "Paxtakor" jamoasi ikkinchi davraga hozirlik ko‘rishni boshladi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.

Tecno

Shota Arveladze va murabbiylar shtabi boshchiligida "sherlar" ikkinchi davraga tayyorgarlikni boshlashdi. Birinchi davrada asosiy tarkibda o‘ynagan deyarli barcha futbolchi va jamoa safiga yangi kelib qo‘shilgan o‘yinchilar unda ishtirok etishdi. Iskanderov yakka tartibda shug‘ullangan bo‘lsa, Andreev jarohati sababli unda qatnashmadi.

Dastlab Laslo Yambor mashqlari bilan qizishib olgan futbolchilar keyin o‘yin davomida e’tibor qaratiladigan holatlar yuzasidan ter to‘kishdi. Darvozabonlar bilan turkiyalik mutaxassis Ibrohim Yilmaz shug‘ullandi.

Ertaga jamoa ikki mahal mashg‘ulot o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!