Aleksandr Usik super og‘ir vazn toifasida chempion bo‘la oladimi? Dillian Uayt bunga javob berdi

  • 3 may, 2020, 15:54
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Britaniyalik bokschi Dillian Uaytning fikriga ko‘ra birinchi og‘ir vazn toifasida sobiq mutloq jahon chempioni ukrainalik Aleksandr Usik super og‘ir vazn toifasida chempion bo‘la olmaydi.

"U super og‘ir vaznda g‘olib chiqa olishiga ishonchim komil emas. Boshqa tomondan, u buni qila oladi. Faqat to‘g‘ri tashkiliy ishlar  va aqlli janglari bilan... Chunki u hozirgi chempionlarni mag‘lub eta olmaydi. U bunday kuchga ega emas. Ha, Usik texnik jihatdan juda kuchli. Ammo gavda tuzilishi bu vaznga to‘g‘ri kelmaydi. U 12 raund mobaynida Entoni Joshua, Dillian Uayt va Tayson Fyuri bilan jang qilishi kerak bo‘ladi”,- dedi Uayt.

Avvalroq, britaniyalik yana bir bokschi Toni Belyu Usik og‘ir vaznda Joshua va Fyuridan tashqari barchasini mag‘lub etishini aytgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!