Aleksandr Volkanovski UFC tarixidagi TOP-5 jangchini sanab o‘tdi
Yarim engil vazn toifasida amaldagi UFC chempioni Aleksandr Volkanovski promoushen tarixidagi eng yaxshi besh jangchini aytib o‘tdi.
"Birinchisi – Demetrius Jonson. U juda ko‘plab chempionlik janglarida ishtirok etgan. Balki odamlar buni to‘liq tushunmas, biroq o‘sha paytda super engil vaznda raqobat dahshatli darajada kuchli edi. Keyingilari – Jorj Sent-Pyer va Islom Maxachev! Ehtimol noxolislik qilayotgandirman, lekin Isroil Adesanyani ham bu ro‘yxatga kiritish mumkin. Chunki u pikdagi Robert Vittakerni ikki marta mag‘lub etgan. Shuningdek, Anderson Silva ham TOP-5 da!" - dedi avstraliyalik.
Bir necha soat avval, braziliyalik Jan Silva Volkanovskiga qarshi jang bo‘yicha shartnoma imzolash uchun Londonga ketayotganini ma’lum qildi.
Fikrlar