Aleksandr Volkov: "Aleks Perreyra mag‘lubiyatli seriyasini davom ettiradi"

  • 06.10.2026 15:59
  • Javohir Malikov
  • 0
  • MMA
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

UFC jangchisi Aleksandr Volkov rossiyalik Sergey Pavlovich va Braziliya vakili Aleks Perreyra oʻrtasidagi bahs haqida gapirdi.

"Ichki sezgim bu jang eʼlon qilinishini aytib turardi. Ular ajoyib matbuot anjumani oʻtkazishadi. Biri: "Koʻramiz!" desa, ikkinchisi: "Shama" deydi. Butun matbuot anjumanini shunday oʻtadi.

Menimcha, Perreyra magʻlubiyatli seriyasini uzaytiradi. Pavlovichning zarbasi juda kuchli. Agar oʻzaro uslublarni taqqoslasak, bu Aleks uchun qiyin jang boʻladi", - dedi Volkov.

Eslatib oʻtamiz, Pavlovich va Perreyra toʻqnashuvi 13 dekabr kuni "UFC 335" turnirida oʻtkaziladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!