Aleksandr Xomyakov: "Odatda pley-off uchrashuvlari shunaqa kechadi"

  • 05.12.2025 21:42
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol

Superliga pley-off bosqichidan o‘rin olgan “Mash’al” – “Buxoro” uchrashuvi 0:0 hisobida yakun topdi va penaltilar ceriyasida muborakliklarning qo‘li baland keldi (3:1).

O‘yindan so‘ng "Buxoro" bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov matbuot anjumanida ishtirok etdi. Bu xususida klub matbuot xizmati ma’lum qildi.

– O‘yin haqida fikringiz!

– Anchadan beri ko‘rishmagandik. Hammani ko‘rib turganimdan xursandman. O‘yinga keladigan bo‘lsak, har ikki jamoa asabiy bahsni o‘tkazdi. Jamoalar xato qilmaslik uchun juda ehtiyotkor bo‘lib o‘ynashdi. Odatda pley-off uchrashuvlari shunaqa kechadi. Vazi­yatlarga boy o‘yin ko‘rmadik, bitta gol o‘yin taqdirini hal qilib qo‘yishi mumkin edi. Afsuski, penaltilar seriyasida mag‘lub bo‘ldik. “Mash’al”ni vazifani bajarib, Superligada qolgani bilan tabriklayman. Biz esa kurashishda davom etamiz.

– Jamoangiz gol urdi, lekin hisobga olinmadi.

– O‘sha golni men ko‘rmay qoldim. Ofsayd tufayli gol inobatga olinmaganini bildim. Hakamlar shunday qaror qabul qilishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!