Aleksandr Zverev to‘rt setda g‘alaba qozondi
Zohir2018
Sasha uchun musobaqa muvaffaqiyatli o‘tmoqda
Germaniyalik tennischi Aleksandr Zverev "Australian Open" turnirining chorak final bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tib oldi.
Sasha yarim final yo‘llanmasi uchun o‘tgan o‘yinda shveytsariyalik tennischi Sten Vavrinkaga qarshi kortga chiqib, yakunda 1:6, 6:3, 6:4, 6:2 hisobida g‘alabaga erishdi.
Endi A.Zverev bosh sovrin uchun o‘tadigan o‘yinda, ispaniyalik Rafael Nadal yoki avstriyalik Dominik Tim bilan kuch sinashadi.

Izohlar (0)